locale OZ

Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 975-golini urdi

Portugaliyalik yulduz Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 975-golini urdi
FOTO: Getty Images

JCh-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasida Portugaliya terma jamoasi O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda Ronaldu dubl qayd etib, jamoasining ishonchli g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi.

Portugaliyalik hujumchi 6-daqiqada hisobni ochdi, 39-daqiqada esa yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shu tariqa u faoliyatidagi 974 va 975-gollarini urdi.

Hozirda Ronalduning Portugaliya terma jamoasi safidagi gollari soni 145 taga yetgan. Klub darajasida esa u 830 ta gol muallifi hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, Portugaliya ushbu uchrashuvda O‘zbekistonni 5:0 hisobida mag‘lub etdi va guruhdagi holatini yaxshilab oldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting