locale OZ

Krishtianu Ronaldu Donald Trampga minnatdorlik bildirdi

Portugaliyalik yulduz AQSh prezidenti mehmoni boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu Donald Trampga minnatdorlik bildirdi
FOTO: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi va «An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu AQSh Prezidenti Donald Trampga Oq uyda iliq kutib olgani uchun minnatdorlik bildirdi.

«Hurmatli Prezident, meni va kelajakdagi xotinim Jorjinani iliq kutib olganingiz va taklif qilganingiz uchun rahmat. Har birimiz jamiyatga o‘z hissamizni qo‘sha olamiz, men esa yangi avlodlarni jasorat, mas’uliyat va barqaror tinchlik asosida kelajak qurishga ilhomlantirishga tayyorman», — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Maʼlumot uchun, futbolchi 2017 yildan beri ilk bor AQShga tashrif buyurmoqda. 2009 yilda Ketrin Mayorji tomonidan unga nisbatan zo‘rlash ayblovi qo‘yilgan edi, ammo 2019 yilda mahalliy prokuratura ayblovlarni asosiz deb topgan, 2023 yilda esa qayta ko‘rilgan da’vo bo‘yicha Ronaldu to‘liq oqlangan.

Avvalroq xabar berilganidek, Ronaldu Saudiya Arabistonining taxt vorisi Muhammad bin Salmon tashrifi sharafiga Oq uyda tashkil etilgan rasmiy kechki ovqatning maxsus mehmonlaridan biri bo‘lgan.

Hujumchi 2023 yildan buyon «An Nasr» sharafini himoya qilmoqda. Eng katta shon-shuhratni u «Manchester Yunayted» va Madridning «Real» klublarida o‘ynagan davrda qoʻlga kiritgan. Ronaldu besh karra «Oltin to‘p» sovrindori hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting