locale OZ

Krishtianu Ronaldu «An Nasr» klubining 25 foiz aksiyasiga ega chiqadi

Portugaliyalik yulduz 2023-yildan buyon saudiyaliklar safida toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu «An Nasr» klubining 25 foiz aksiyasiga ega chiqadi
FOTO: Getty Images

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu uzoq muddatli rejalashtirish doirasida Saudiya klubi aksiyalarining 25 foizini oʻz mulki sifatida qabul qilib oladi. Bu haqda Saudiya ligasi maslahatchisi, avstriyalik mutaxassis Bernd Fisa maʼlum qildi.

«Krishtianu Ronaldu, har holda uzoq muddatli istiqbolda, «An Nasr» klubining 25 foiz aksiyasini oʻzi uchun kafolatlab qoʻydi», — deya Fisanining soʻzlarini keltirmoqda Cabine Desportiva.

Portugaliyalik forvard Saudiya klubiga 2023-yilning yanvar oyida erkin agent maqomida oʻtgan edi. Oʻtgan vaqt davomida hujumchi jamoa bilan birgalikda ikkita sovrinni qoʻlga kiritdi — 2023-yildagi Arab chempionlari klublari kubogi va 2025/2026-yilgi mavsumdagi Saudiya Arabistoni chempionligi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting