locale OZ

Krishtianu Ronaldu «Al Hilol» bilan o‘yindagi avtogoldan soʻng qanday holatga tushdi? — foto

Uchrashuvda «An Nasr» tayyor gʻalabani qoʻldan chiqardi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krishtianu Ronaldu «Al Hilol» bilan o‘yindagi avtogoldan soʻng qanday holatga tushdi? — foto
FOTO: Getty Images

«An Nasr» hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro-ligasining 32-turidan o‘rin olgan «Al-Hilol»ga qarshi bahsning (1:1) 90+8-daqiqasida darvozabon Bento tomonidan yo‘l qo‘yilgan avtogoldan so‘ng o‘z hayratini yashira olmadi.

Mazkur uchrashuvdagi g‘alaba Jorje Jezus jamoasiga muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirish imkonini bergan bo‘lardi. Portugaliyalik forvard o‘yinning 83-daqiqasida zaxiraga olingan edi.

Saudiya Arabistoni chempionatining 33 ta turidan so‘ng «An Nasr» 83 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Pro-liga yakuniga qadar jamoada yana bitta uchrashuv qolgan. «Al-Hilol» esa 32 ta o‘yinda 78 ochko to‘plagan holda ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. Ularning mavsum yakunigacha yana ikkita bahsi mavjud.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting