locale OZ

Krisensio Sammervill «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin

Niderlandiyalik vinger uchun kurashda mankunianliklarga «Tottenxem» klubi raqobat tug‘dirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Krisensio Sammervill «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin
photo: gettyimages

«Manchester Yunayted» klubi «Vest Xem» qanot hujumchisi Krisensio Sammervillni o‘z safiga qo‘shib olish harakatiga tushdi. Niderlandiyalik vinger uchun kurashda mankunianliklarga «Tottenxem» klubi raqobat tug‘dirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «bolg‘achilar» Sammervillning ehtimoliy transferini 50 million funt sterlingga (57,5 million yevro) baholamoqda. Hujumchi yakunlangan mavsum natijalariga ko‘ra Chempionshipga mahkum bo‘lgan «Vest Xem» safida quyi divizionda o‘ynashni istamayapti. «Manchester Yunayted» 24 yoshli futbolchini jamoani tark etishi kutilayotgan vinger Markus Reshfordga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Ortda qolgan mavsumda Sammervill barcha turnirlarda jami 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, vingerning ayni damdagi bozor bahosi 35 million yevroni tashkil etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting