Kris Smolling «Portu» futbolchisiga aylandi
«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Kris Smolling «Portu» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Portugaliya klubining matbuot xizmati xabar berdi.
Futbolchi bilan shartnoma joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan bo‘lib, unda kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud. 36 yoshli futbolchi «Portu»ga erkin agent sifatida qo‘shildi.
2026-yil 1-iyul kuni Smolling Saudiya Arabistonining «Al-Fayha» klubi bilan shartnomasini yakunlagan edi. U so‘nggi ikki mavsumni ushbu jamoada o‘tkazdi.
Kris Smolling 2010-yildan 2020-yilgacha «Manchester Yunayted» safida to‘p tepgan. U ingliz klubi tarkibida jami 323 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 1 million yevroni tashkil etadi.
Shuningdek, himoyachi «Fulhem» va «Roma» klublarida ham faoliyat yuritgan. U Angliya milliy terma jamoasi safida 31 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urgan.