locale OZ

«Koventri» Rayt uchun «Vest Hem»dan 200 mln funt soʻradi

London klubi qishki transferlar vaqtida hujum chizigʻini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Koventri» Rayt uchun «Vest Hem»dan 200 mln funt soʻradi
FOTO: Getty Images

Londonning «Vest Hem» klubi qishki transferlar oynasi arafasida hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda va allaqachon bir nechta yo‘nalish bo‘yicha variantlarni ko‘rib chiqishni boshlagan. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «bolg‘achilar» «Vulverhempton» hujumchisi Yorgen Larsen nomzodini o‘rganmoqda. Biroq norvegiyalik futbolchiga «Kristal Pelas» ham qiziqish bildirgan, «bo‘rilar» esa avvalroq uni 55 mln funt sterling evaziga sotishdan bosh tortgan.

«Vest Hem»ning short-listidan «Koventri» hujumchisi Ellis Simms ham joy olgan, ammo Chempionship yetakchisi o‘zining asosiy futbolchilaridan biri bilan xayrlashishni istamayapti.

Shuningdek, «Vest Hem» Xaji Rayt bo‘yicha ham so‘rov yuborgan. Biroq «Koventri» bu borada juda qat’iy pozitsiyani egalladi. Joriy mavsumda 18 o‘yinda sakkizta gol urgan futbolchi transferi bo‘yicha klub 200 mln funt sterling miqdorida tovon puli talab qildi. Bu esa mazkur transfer masalasiga amalda nuqta qo‘ydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting