«Koventri» Opendani o’z safiga qo’shib olmoqchi
Angliya Premyer-ligasiga chiqqan“Koventri” APL starti oldidan tarkibni kuchaytirishga harakat qilmoqda. La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, klub ijara asosida Turinning “Yuventus” klubida to‘p surayotgan Belgiya terma jamoasi hujumchisi Lua Opendani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, “Koventri” vakillari uning Turindagi holatiga oydinlik kiritish uchun futbolchi bilan bog‘langan. Xabar qilinishicha, ingliz klubida futbolchi bilan sotib olish imkoniyati yoki majburiyati bilan ijara shartnomasini tuzish imkoniyati bor. Lempard Opendani yuqori baholaydi va uni sotib olishdan manfaatdor.
26 yoshli belgiyalik futbolchi Italiya klubini transferidan bir yil o‘tib tark etishi mumkin.
Openda “Yuventus” safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urgan. O‘tgan yozda turinliklar hujumchini “Leyptsig”dan 42,75 million yevro evaziga sotib olish majburiyati bilan ijaraga olgandi.