locale OZ

«Kovenrti Siti» 80 yillik rekordni takrorladi

Ushbu jamoani hozirda Frenk Lempard boshqarmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Kovenrti Siti» 80 yillik rekordni takrorladi
FOTO: Getty Images
Angliya chempionati
25.10.2025, Yak.
Koventri Siti
3
Uotford
1

Frenk Lempard boshqaruvidagi «Koventri Siti» Chempionshipning 12-turida «Uotford» ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Bu gʻalaba «Chelsi» va Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi boshchiligidagi jamoaga mavsumning ilk 12 uchrashuvida jami 34 ta gol urish imkonini berdi.

Shu tariqa, «Koventri» 1966/66 yilgi mavsumdagi «Vulverxempton»dan keyin bunday natijaga erishgan ilk jamoa boʻldi.

Ikkinchi divizon tarixida 12 ta start bahsida eng koʻp gol urgan jamoa sifatida «Blekbern Rovers» rekordi hamon yangilanmagan — 1954/55 yilgi mavsumda klub raqiblar darvozasini 38 marta ishgʻol etgan edi.

Maʼlumot uchun, «Koventri Siti» hozirda 28 ochko bilan Chempionship turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting