Kovachichga ikki klub qiziqish bildirmoqda
Mateoning "shaharliklar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.
ФОТО: Getty images
Xorvatiyalik yarim himoyachi Mateo Kovachich qishda jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda Caught Offside jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 31 yoshli yarim himoyachining transferiga Premer-liganing ikki vakili – “West Ham” va “Aston Villa” jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Mateoning "shaharliklar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.
Yarim himoyachi 2023 yilning yozida "Manchester City" safini to'ldirgandi. Transfermarkt portalining bahosiga ko'ra, futbolchining bozor narxi 20 million yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist