Kovaç: «Bavariya» hozirgi kunda bizdan ustun»
Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovaç jamoasining 18 oktyabr kuni "Arena Myunxen" stadionida bo‘lib o‘tadigan "Bavariya"ga qarshi o‘yini haqida gapirdi.
"Biz katta klubmiz, buni tan olish kerak. Lekin "Bavariya" rekordchilar. Ular eng ko‘p unvonga ega jamoa. Ularda chinakam yuqori darajadagi, qimmat futbolchilar bor. Bizda ham juda yaxshi o‘yinchilar bor. Shuning uchun biz top jamoamiz deb o‘ylayman. Biroq "Bavariya" boshqa darajada. Natijalar ham buni ko‘rsatmoqda va buni tan olishimiz kerak.
Biz mavjud bo‘lmagan narsani maqtashni xohlamaymiz. Biz yaxshimiz, lekin “Bavariya” hozir yaxshiroq. Shu boisdan ham “Bavariya” favorit”, - deya Kovaç so‘zlarini keltiradi Bundesliga rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, Bundesliganing olti o‘yinidan so‘ng “Bavariya” 18 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Dortmundning “Borussiya” klubi peshqadamlardan 4 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.