locale OZ

Koutinyo faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin — manba

Braziliyalik yarimhimoyachi hozirda erkin agent hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Koutinyo faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin — manba
FOTO: Getty Images

AQSHning «Los-Anjeles Gelaksi» klubi «Liverpul» va «Barselona» jamoalarining sobiq yarimhimoyachisi Filippe Koutinyoga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, MLS vakili muxlislar tomonidan bo‘lgan bosim sababli «Vasko da Gama» bilan shartnomasini bekor qilgan braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Klub rahbariyati Koutinyoni tizzasidagi og‘ir jarohat (oldingi xochsimon boylamlar uzilishi) sabab safdan chiqqan ispaniyalik Riki Puchning o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Koutinyo 2024 yilda «Aston Villa»ni tark etib, o‘z vatani Braziliyaga qaytgan edi. Eslatib o‘tamiz, uning 2018 yilda «Liverpul»dan «Barselona»ga 145 million yevro evaziga o‘tishi hamon futbol tarixidagi uchinchi eng qimmat transfer bo‘lib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting