locale OZ

Kotrina Kulbite: Myanmar kuchli raqib bo‘lib, FIFA reytingida bizdan bir pog‘ona yuqorida edi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Myanmar ustidan qozonilgan g'alabadan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kotrina Kulbite: Myanmar kuchli raqib bo‘lib, FIFA reytingida bizdan bir pog‘ona yuqorida edi
photo: Ayollar futboli

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite Myanmar ustidan qozonilgan 0:1 hisobidagi g'alabadan keyin fikr bildirdi.

"G‘alaba qozonganimizdan xursandman. Ushbu turnir noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan yirik musobaqalar — Osiyo o‘yinlari va qit’alararo Jahon chempionati pley-off bosqichiga tayyorgarligimizning muhim qismi hisoblanadi.

Tarkibga U20 milliy terma jamoasining bir nechta futbolchilarini jalb qildik. Bu ularga kattalar terma jamoasi safida xalqaro tajriba to‘plash va o‘z salohiyatini namoyish etish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu turnir ayrim futbolchilar uchun milliy terma jamoa safidagi ilk uchrashuvlarini o‘tkazish imkoniyatini yaratmoqda.

Myanmar kuchli raqib bo‘lib, FIFA reytingida bizdan bir pog‘ona yuqorida edi. Shunday jamoaga qarshi o‘yin imkoniyatlarimizni sinovdan o‘tkazish, kuchli va zaif tomonlarimizni aniqlash hamda oldinda turgan muhim bahslarga qay darajada tayyor ekanimizni baholash uchun yaxshi mezon bo‘ldi",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting