locale OZ

«Korintians» Memfis Depay bilan shartnomani uzaytirmaydi

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yil 31 iyulda yakunlangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Korintians Memfis Depay bilan shartnomani uzaytirmaydi
ФОТО: Getty images

"Korintians" 32 yoshli hujumchi Memfis Depay bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Braziliya klubi bu qarorni rasmiy ravishda e'lon qildi.

"Korintians"ning bayonotida ta'kidlanishicha, qaror faqat klubning moliyaviy holati bilan bog'liq. Rahbariyat mavjud resurslardan foydalanishda qat'iy muvozanat va mas'uliyatni saqlash zarurligini qayd etgan.

Depay "Korintians" safida 2024 yil sentabridan beri to'p tepib kelayotgan edi. U klub tarkibida barcha musobaqalarda 79 ta uchrashuv o'tkazib, 20 ta gol va 15 ta golli uzatma qayd etdi.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yil 31 iyulda yakunlangan va yangi bitim imzolanmagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting