Koreyslar Osiyo kubogi U17 final o'yini haqida qiziqarli fikrlarni bildirishdi
O'zbekiston U17 terma jamoasining irodali g'alabasi aks etgan final bahsini Janubiy Korea davlatiga tegishli bo'lgan youtube kanallaridan biri o'z sahifasiga joyladi. Ushbu video ostida koreyslar tomonidan qoldirilgan izohlarni tarjima qildik:
Clauselen: "Ikkinchi qizil kartochkaga diqqat bilan qarasangiz, saudiyalik futbolchi o'z oyog'i ustidan qoqilib ketdi. O'zbekistonlik futbolchi qoidani buzmagan edi"
Youngsbk: "O'zbekistonning g'alabasidan qattiq ta'sirlandim. Ko'zimga yosh keldi. Ular 11 kishiga qarshi 9 kishi bo'lib, 2:0 hisobida g'alaba qozonish uchun yaxshi kurashdilar. Xatto, maydondan chetlatilgan futbolchilarning ham aybi birdaniga yengillashdi. O'zbekistonni tabriklayman.
Sharkchan3726: "10 kishi qolib, 11 kishini "kaltaklagan" holatlar kamdan-kam sodir bo'lgan, lekin bugun 9 kishi 11 kishini "urgan" o'yinni birinchi marta ko'rishim. O'zbek futbolchilari ajoyib.
Hugepeakpark: "O'zbekni qo'llab-quvvatladim. Ularning maydondan chetlatilgan futbolchiga tasalli berayotganini ko'rish juda ta'sirli edi"
Yongyong8713: "Saudiya Arabistoni va Qatar kabi davlatlar hakamlarga iltifot qilib futbol o'ynashadi. Hakam qoidabuzarlik, kartochkalar va qo'shimcha vaqtlarni belgiilaydi, lekin 9 kishi qolgan o'zbeklar nohaq hakamlar bilan ham g'alabani nishonlaydi. Ular haqiqiy chempionlardir"