Konte sobiq jamoasini boshqarishni istamoqda
Photo: Getty Images
“Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte mavsum yakuniga yetganidan so‘ng jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda TuttoMercatoWeb xabar berdi.
Qayd etilishicha, Konte “Napoli” rahbariyatidan norozi va jamoani tark etishni rejalashtirgan. Ungа “Yuventus” qiziqish bildirmoqda. Murabbiyning o‘zi ham sobiq jamoasini yana boshqarishga qarshi emas.
Eʼtiborga molik jihati shundaki, Antonio 2011—2014 yillar oralig‘ida turinliklarni 3 bor A Seriya chempioniga aylantirgan.
Maʼlumot uchun, Neapol klubi A Seriyada mavsum tugashiga 3 ta tur qolganida “Inter”ni 3 ochkoga ortda qoldirib, yetakchilik qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist