locale OZ

Konte «Napoli»ni tark etishini e'lon qildi

Mutaxassis Neapol klubini 2024 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konte «Napoli»ni tark etishini e'lon qildi
ФОТО: Getty images

«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte yaqinlashib kelayotgan yozda jamoani tark etishini ma'lum qildi. Mutaxassis Neapol klubini 2024 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.

«Mening “Napoli”dagi davrim yakuniga yetib bormoqda. Muxlislar meni tushunishadi. Prezidentga hamma narsa uchun minnatdorchilik bildiraman. Afsuski, jamoani birlashtira olmadim. Atmosferani buzadigan insonlar bor…» — deya uning so‘zlarini jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqda keltirdi.

Konte boshchiligida «Napoli» Italiya chempioni bo‘lgan va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan. 2025/2026 mavsumi yakuniga ko‘ra jamoa Seriya Ada 76 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Mamlakat chempioni esa 87 ochko bilan «Inter» bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting