locale OZ

Konte «Napoli»ni tark etdi

Neapol klubi Konte qo‘l ostida barcha musobaqalarda 91 ta o‘yin o‘tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konte "Napoli"ni tark etdi
ФОТО: Getty images

Italiyalik murabbiy Antonio Konte “Napoli” jamoasini tark etdi. Bu haqda neapolliklar matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘i orqali xabar berdi.

Konte jamoani 2024 yil yozidan beri boshqarib kelayotgan edi. U “Napoli”dagi ilk mavsumidayoq jamoani Italiya A Seriyasi chempionligiga olib chiqqan. 2025/2026 mavsumida esa Konte shogirdlari turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Jami hisobda Neapol klubi Konte qo‘l ostida barcha musobaqalarda 91 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda jamoa 54 ta g‘alaba qo‘lga kiritdi, 19 bor durang o‘ynadi va 18 marta mag‘lub bo‘ldi.

Kelasi mavsumda neapolliklar Chempionlar ligasi hamda Italiya Superkubogida ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting