locale OZ

Konte «Napoli»ni tark etadi — Di Marzio

Antonio klub rahbari bilan kelisha olmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konte «Napoli»ni tark etadi — Di Marzio
ФОТО: Getty images

Insayder Janluka Di Marzioning ma'lumotiga ko'ra, “Napoli” murabbiylar shtabida jiddiy o'zgarishlar kutilmoqda.

Manbaga ko'ra, klub va amaldagi bosh murabbiy Antonio Konte o'rtasida o'zaro kelishuv asosida muddatidan avval xayrlashish ehtimoli tobora oshmoqda.

Neapolliklar uchun asosiy nomzod sifatida Mauritsio Sarri ko'rilmoqda. Xabarlarga qaraganda, tomonlar o'rtasida dastlabki aloqalar allaqachon o'rnatilgan va klub rahbariyati mutaxassisning Neapolga qaytishiga optimistik qaramoqda.

Antonio Konte esa jamoani tark etgan taqdirda Italiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyligi variantini ko'rib chiqishi mumkin.

Shu bilan birga, Sarri “Atalanta” ham qiziqish bildirmoqda. Biroq bergamoliklar rahbariyati va sport direktori tomonidan faol harakatlar bo'lmasa, Sarrining “Napoli”ga qaytishi eng ustuvor ssenariy bo'lib qolmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting