Konte murabbiylik faoliyatidagi 10-sovrinini qo'lga kiritdi
Antonioning Neapol klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
Italiyalik mutaxassis “Napoli” bilan Italiya superkubogida g‘alaba qozondi.
Finalda neapolliklar “Bolonya”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Har ikkala gol muallifi David Neres bo‘ldi.
2024/2025 yilgi mavsumda Konte klub bilan birga A Seriya chempioniga aylandi. Bungacha Antonio milliy chempionatlarda “Yuventus” bilan uch marta (2012–2014), “Chelsi” bilan bir marta (2017) va “Inter” bilan bir marta (2021) g‘alaba qozongan.
Shuningdek, Konte “zebralar” bilan Italiya superkubogini ikki marta, “Chelsi” bilan bir marta Angliya kubogida ham muvaffaqiyatga erishgan.
Antonioning Neapol klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist