Konte: «Argentina — jahon chempionatidagi eng jips jamoa»
«Napoli», «Inter» va «Yuventus» kabi klublarni boshqargan taniqli murabbiy Antonio Konte 2026 yilgi Jahon chempionatida Argentina terma jamoasining o‘yiniga yuqori baho berdi.
Yarim finalda Argentina Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, mundial finaliga yo‘l oldi.
– Argentina haqida qanday fikrdasiz?
– «Argentina — juda kuchli jamoa. Mening fikrimcha, ushbu jahon chempionatida ishtirok etayotgan terma jamoalar orasida ularning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi eng kuchlisi.
Lionel Skaloni shakllantirgan jamoa juda ahil. U Lionel Messiga sodiq bo‘lgan, jamoa manfaatini va Leoga bo‘lgan hurmatini shaxsiy ambitsiyalaridan ustun qo‘yadigan futbolchilarni tanladi. Bu jamoa nafaqat futbol jihatidan, balki insoniy fazilatlari bilan ham ajralib turadi.
Ular orasida hayratlanarli darajadagi birdamlik va o‘zaro uyg‘unlik yaratilgan», — dedi Konte. Uning so‘zlarini La Gazzetta dello Sport nashri keltirmoqda.