locale OZ

Konseysau «Marsel» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Avvalroq provansalliklar De Zerbini isteʼfoga chiqargandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konseysau «Marsel» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
FOTO: Getty Images

Portugaliyalik mutaxassis Serjiu Konseysau faoliyatini Fransiyaning «Marsel» klubida davom ettirishi mumkin. Footmercato nashrining xabar berishicha, hozirda Saudiya Arabistonining «Al Ittihod» jamoasini boshqarayotgan murabbiy provansalliklar qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.

Klub rahbariyati «Renn» ustozi Habib Beyni bosh murabbiylik uchun asosiy nomzod deb hisoblamoqda, biroq Konseysau varianti ham ularni o‘ziga jalb qilmoqda. Hozircha «Marsel» va portugaliyalik mutaxassis o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha rasmiy aloqalar o‘rnatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Marsel» Roberto De Zerbini isteʼfoga chiqargandi.

Maʼlumot uchun, Serjiu Konseysau murabbiylik faoliyati davomida «Portu» va «Milan» kabi nomdor klublarda ishlagan. Uning hisobida uch karra Portugaliya chempionligi, to‘rt marta mamlakat kubogi va uch bor Superkubok g‘olibligi mavjud. Shuningdek, mutaxassis Portugaliya liga kubogi va Italiya Superkubogida ham zafar quchgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting