Konsesau: \"Finalda omadimiz kelmadi\"
Photo: Getty Images
“Milan” bosh murabbiyi Serjiu Konsesau Italiya kubogi finalida “Bolonya”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin shiddatli kechdi, ikkinchi bo'limda ko'proq ish qilishimiz mumkin edi. Ayniqsa, "Bolonya"ning golidan keyin, ammo omadimiz kelmadi.
Raqibni maqtashim kerak, ular yaxshi o'ynashdi. Hakamlikni muhokama qilishni istamayman, chunki darhol bahona qidirayotganim haqida gap-so'zlar boshlanadi.
Biz ko'proq ish qilishimiz mumkin edi, muxlislarga achinaman. Ular g'alabaga munosib edi", — deya Konsesauning so'zlarini keltiradi Football Italia.