locale OZ

Konor Makgregor Xolloueyga qarshi jangda qanday jarohat olganini aytdi va qachon qaytishiga shama qildi

Uning aytishicha, qaytish kelasi yilning yozigacha davom etishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konor Makgregor Xolloueyga qarshi jangda qanday jarohat olganini aytdi va qachon qaytishiga shama qildi
FOTO: Getty Images

Yarim yengil va yengil vazn toifalarida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor UFC 329 turnirida amerikalik Maks Xolloueyga qarshi kechgan revansh jangida olgan jarohati tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, oktagonga qachon qaytishini ma’lum qildi.

"Yangi ma’lumot: bu tizzaning oldingi xochsimon paylari (ACL) va menisk jarohati bo‘lib chiqdi — xuddi Xollouey bilan birinchi jangimiz oldidan bo‘lgan jarohatning o‘zi, faqat endi ikkinchi oyog‘imda. Bu ancha hayratlanarli holat.

O‘shanda men sportga to‘qqiz oydan keyin qaytib, Brandao bilan jang qilgandim. Regenerativ tibbiyotning bugungi yutuqlari va takomillashgan mashg‘ulot usullarini hisobga olsak, kelasi yilning yozigacha qaytishim mutlaqo real haqiqatdir.

Hozirdanoq xassasiz (qo‘ltiqtayoqsiz) yura boshladim. Kuni kecha trenajyorda oyoqlarni rostlash mashqini hech qanday muammosiz bajardim. Ya’ni, yordamsiz yura olyapman va kvadrisepsni yuklama ostida ishga tushira olyapman. Bularning barchasi juda ijobiy belgi.

Jang yakunlanganidan beri maksimal darajada tartib-intizomni saqlab kelmoqdaman. Menimcha, bu holat meni bundan ham jiddiyroq ko‘ngilsizlikdan asrab qoldi. Agarda g‘alaba qozonib, o‘sha "bosh qahramon" maqomida bayramona kechaga (afterparty) borganimda, barchasi nima bilan tugashini kim bilar edi? O‘ylaymanki, meni asrashdi. Xudoga shukur! Oldinga harakat qilishda davom etamiz. Qo‘llab-quvvatlaganingiz va iliq so‘zlaringiz uchun barchaga rahmat. Salomatligingiz — sizning boyligingizdir", — deb yozdi Makgregor o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Konor va Maks o‘rtasidagi jang o‘shanda turnirning markaziy voqeasi bo‘lgan va Xolloueyning birinchi raunddagi texnik nokaut evaziga qozongan g‘alabasi bilan yakunlangandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting