Konor Gallaher «Tottenhem»da tibbiy koʻrikdan oʻtdi
Angliyalik yarimhimoyachi «Atletiko»ni tark etishga yaqin turibdi.
FOTO: Getty Images
Yarimhimoyachi Konor Gallaher Ispaniyaning «Atletiko» klubidan Angliyaning «Tottenhem» jamoasiga o‘tishni yakunlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
«Konor Gallaher “Tottenhem”da tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va 5,5 yillik shartnoma imzolaydi», — deb yozdi Jeykobs.
Avvalroq «Tottenhem» futbolchi uchun 40 mln yevro miqdorida to‘liq transfer summasini to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Ispaniya Primerasida 25 yoshli Konor Gallaher 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Shuningdek, angliyalik futbolchi Chempionlar ligasida 6 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol muallifi bo‘lgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist