locale OZ

Konor Gallaher «Tottenhem»da o‘ziga yangi raqam tanladi

Bungacha futbolchi 22-raqamda toʻp surib kelayotgandi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Konor Gallaher «Tottenhem»da o‘ziga yangi raqam tanladi
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» klubi markaziy yarim himoyachisi Konor Gallaher yangi 2026/2027-yilgi mavsumoldi o‘zining o‘yin raqamini rasman o‘zgartirdi. Yangi mavsumdan boshlab angliyalik xavbek 8-raqam ostida harakat qiladi. Futbolchi 2026-yilning yanvar oyida Madridning «Atletiko» klubidan transfer qilinganidan buyon jamoada 22-raqamda to‘p surib kelayotgan edi.

«Sakkizinchi raqamni olish men uchun ulkan sharaf. Faoliyatim davomida klub miqyosida hali biror marta ham bu raqam ostida o‘ynamagan edim, shu bois juda hayajondaman — bu doimo mening sevimli raqamim bo‘lib kelgan. Bolaligimda men yoqtirgan ko‘plab futbolchilar aynan sakkizinchida to‘p surishgan. Shunday fantastik klub safida ushbu jersida maydonga tushadigan lahzani intiqlik bilan kutyapman. Umid qilamanki, yangi mavsum muvaffaqiyatli o‘tib, muxlislarimizni g‘ururlantira olamiz», — deya Gallaxerning so‘zlarini «Tottenhem» matbuot xizmati keltirmoqda.

London klubida 8-raqamli libos shu yozda yarim himoyachi Iv Bissuma jamoadan ketganidan so‘ng bo‘shab qolgan edi. «Shporlar» matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, 2026/2027-yilgi mavsum uchun Gallaxerning familiyasi va eski 22-raqami tushirilgan yangi liboslarga buyurtma berib ulgurgan muxlislarga, avtomatik ravishda yangilangan 8-raqamli jersilar yetkazib beriladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting