locale OZ

Konor Gallaher «Atletiko»dan «Tottenhem»ga o‘tishga rozi bo‘ldi — Fabritsio Romano

Hozirda tomonlar ushbu transfer boʻyicha kelishuvga erishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konor Gallaher «Atletiko»dan «Tottenhem»ga o‘tishga rozi bo‘ldi — Fabritsio Romano
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi yarimhimoyachisi Konor Gallaher yaqin vaqt ichida Londonning «Tottenhem» jamoasiga o‘tadi. Futbolchi klub rahbariyatini ingliz jamoasiga qo‘shilish borasidagi qarori haqida xabardor qilgan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, «Tottenhem» Gallaherni to‘liq transfer asosida sotib olish uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor. Shu orqali londonliklar futbolchi uchun da’vogar bo‘lgan «Aston Villa»ni ortda qoldirdi.

Qayd etilishicha, 12 yanvar kuni «Aston Villa» Gallaher transferi bo‘yicha «Atletiko» bilan kelishuvga erishgan, biroq futbolchining o‘zi birmingemliklar safiga o‘tishga yakuniy rozilik bermagani sababli muzokaralar to‘xtatilgan.

Hozirda Konor Gallaherning Transfermarkt portalidagi transfer bahosi 35 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting