locale OZ

Konor Bredli jarohati sabab mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yuboradi — Sky Sports

«Liverpul» himoyachisi «Arsenal»ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konor Bredli jarohati sabab mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yuboradi — Sky Sports
FOTO: Getty Images

«Liverpul» klubi o‘zining rasmiy sayti orqali o‘ng qanot himoyachisi Konor Bredlining jiddiy jarohat olgani haqida ma’lum qildi.

«O‘ng qanot himoyachisi payshanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan Premer-liga doirasidagi «Arsenal»ga qarshi uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida jarohat oldi. Yaqin kunlarda Bredli jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi, shundan so‘ng u mashg‘ulot bazasida reabilitatsiya jarayonini boshlaydi. Hozircha uning maydonga qachon qaytishi borasida aniq ma’lumot yo‘q», — deyiladi klub bayonotida.

Sky Sports xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi joriy mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.

Joriy mavsumda Konor Bredli barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Bredlining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting