locale OZ

KONMEBOL prezidenti 2030-yilgi Jahon chempionatini 64 ta jamoa bilan o'tkazishni taklif qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
KONMEBOL prezidenti 2030-yilgi Jahon chempionatini 64 ta jamoa bilan o'tkazishni taklif qildi
FOTO: Getty Images

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) prezidenti Alexandro Dominges Xalqaro futbol federatsiyasiga (FIFA) 2030-yilgi Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 64 taga yetkazish taklifi bilan murojaat qildi.

2030-yilgi Jahon chempionatiga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. Shuningdek, mundialning ochilish o'yinlari Urugvay, Argentina va Paragvayda bo'lib o'tadi.

“Ishonchimiz komilki, 100 yillik yubiley noyob bo'ladi, chunki 100 yil faqat bir marta keladi. Shuning uchun biz ushbu turnirni bir vaqtning o'zida uchta qit'ada 64 ta jamoa ishtirokida o'tkazishni taklif qilamiz”, - deydi Dominges.

Eslatib o'tamiz, 1998-yildan boshlab Jahon chempionatlarida 32 ta jamoa ishtirok etib kelayotgandi. 2026-yilgi mundialda esa jamoalar soni 48 taga yetkazildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting