locale OZ

KONKAKAF ChL. «Inter Mayami» safarda «Neshvill» bilan durang oʻynadi

Tomonlar oʻrtasida javob uchrashuvi 19 mart kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
KONKAKAF ChL. «Inter Mayami» safarda «Neshvill» bilan durang oʻynadi
FOTO: Getty Images

AQShning Tennessi shtati, Neshvill shahridagi «Geodis Park» stadionida KONKAKAF Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasida «Neshvill» hamda «Inter Mayami» jamoalari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv yakunlandi. Mazkur bahsda hisob ochilmadi va jamoalar 0:0 ko‘rinishidagi durang natijani qayd etishdi.

«Inter Mayami» jamoasi sardori, 38 yoshli argentinalik hujumchi Lionel Messi uchrashuvda to‘liq harakat qildi, biroq samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.

Jamoaning yana bir tajribali a’zosi, 39 yoshli urugvaylik hujumchi Luis Suares esa ushbu o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.

Shimoliy va Markaziy Amerikaning eng nufuzli klublar turniri chorak finalchisining nomini aniqlab beruvchi javob uchrashuvi 19 martga o‘tar kechasi Fort-Loderdeyl (Florida shtati) shahrida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting