locale OZ

KONKAKAF Chempionlar Ligasi: Messi va “Inter Mayami” yarim finalda to‘xtadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
KONKAKAF Chempionlar Ligasi: Messi va “Inter Mayami” yarim finalda to‘xtadi
KONKAKAF Chempionlar Ligasi: Messi va “Inter Mayami” yarim finalda to‘xtadi

KONKAKAF Chempionlar Ligasi yarim final javob uchrashuvida “Inter Mayami” o‘z maydonida Kanada klubi “Vankuver Uaytkaps”ni qabul qildi. Bellashuv amerikaliklar uchun omadsiz yakunlandi — 1:3.

Birinchi o‘yin ham kanadaliklar g‘alabasi bilan tugagan edi — 2:0. Ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, “Vankuver” umumiy 5:1 hisobida finalga yo‘l oldi. Shu tariqa, Lionel Messi boshchiligidagi jamoa musobaqani yarim finalda tark etdi.

Javob o‘yinidagi gollar:
Alba, 9’ — 1:0
Vayt, 51’ — 1:1
Vite, 53’ — 1:2
Berxalter, 71’ — 1:3

Yarim finalning ikkinchi juftligida Meksikaning “Krus Asul” va “Tigres” jamoalari to‘qnash keladi. Javob uchrashuvi 2 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi. Birinchi bellashuv 1:1 hisobida yakunlangan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting