locale OZ

Kongo terma jamoasi debyutidan 52 yil o‘tib, Jahon chempionatlaridagi ilk golini urdi

Jamoa ilk turda Portugaliya bilan durang oʻynadi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Kongo terma jamoasi debyutidan 52 yil o‘tib, Jahon chempionatlaridagi ilk golini urdi
FOTO: Getty Images

Kongo milliy terma jamoasi Jahon chempionatlaridagi o‘zining ilk golini musobaqadagi debyutidan roppa-rosa 52 yil o‘tib kiritishga muvaffaq bo‘ldi. JCh-2026 guruh bosqichidan o‘rin olgan Portugaliyaga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan beshinchi daqiqada (45+5) hujumchi Yoan Vissa boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni tenglashtirdi.

Ma’lumot uchun, DR Kongo terma jamoasi ilk bor 1974-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etgan edi. O‘shanda jamoa Yugoslaviya, Braziliya va Shotlandiya bilan bir guruhdan joy olib, barcha uchta o‘yinda umumiy 0:14 hisobida mag‘lub bo‘lgan va guruhda so‘nggi o‘rinni egallagan. Ta’kidlash joizki, 1971-yildan 1997-yilga qadar ushbu mamlakat Zair deb nomlangan va o‘sha davrdagi turnirlarda Zair terma jamoasi sifatida qatnashgan.

Jahon chempionatlari tarixida debyut o‘yindan birinchi golgacha bo‘lgan vaqt bo‘yicha faqatgina Boliviya terma jamoasi DR Kongodan ko‘proq muddat qayd etgan. Boliviya ilk bor 1930-yilgi JChda qatnashgan bo‘lsada, musobaqadagi dastlabki golini oradan 64 yil o‘tib, ya’ni 1994-yilga kelibgina kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting