Konferentsiyalar Ligasi pley-off bosqichiga qurʼa tashlandi
Pley-off bosqichining dastlabki oʻyinlari 19 fevral kuni boʻlib oʻtadi.
FOTO: Getty Images
Bugun, 16 yanvar kuni Yevropa Konferensiyalar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi pley-off bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning umumiy bosqichida eng yuqori sakkizta o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. 9–24-o‘rinlardan joy olgan klublar esa eng kuchli sakkizlik safiga qo‘shilish huquqi uchun ikki uchrashuvdan iborat saralash bahslarida maydonga tushadi.
Pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvlari 19 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yinlari esa 26 fevral 2026 yil sanasiga belgilangan.

Nasrullo Karimov
Jurnalist