locale OZ

Konferensiyalar ligasida umumiy bosqich yakunlandi. Pley-offning barcha ishtirokchilari ma’lum

Pley-off bosqichlari 19-20 va 26-27 fevral kunlari o‘tkaziladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konferensiyalar ligasida umumiy bosqich yakunlandi. Pley-offning barcha ishtirokchilari ma’lum
ФОТО: Getty images

Konferensiyalar Ligasi umumiy bosqichining so‘nggi o‘yinlari 18 dekabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Turnir jadvalida birinchi sakkizta o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oldi: "Strasburg" (Fransiya), "Rakuv" (Polsha), "Sparta" (Chexiya), AEK (Gretsiya), "Rayo Valyekano" (Ispaniya), "Shaxtyor" Donetsk (Ukraina), "Mainz" (Germaniya) va AEK (Larnaka, Kipr).

9-o‘rindan 24-o‘ringacha bo‘lgan klublar pley-off bosqichida ishtirok etadi: "Lozanna" (Shveytsariya), "Kristal Pelas" (Angliya), "Lex" Poznan (Polsha), "Samsunspor" (Turkiya), "Tsele" (Sloveniya), AZ Alkmaar (Niderlandiya), "Fiorentina" (Italiya) va "Riyeka" (Xorvatiya); "Yagelloniya" (Polsha), "Omoniya" (Kipr), "Noa" (Armaniston), "Drita" (Kosovo), "KuPS" (Finlyandiya), "Shkendiya" (Makedoniya), "Zrinjski" (Bosniya va Gersegovina) va "Sigma" (Chexiya).

Shu tariqa, pley-off bosqichlari 19-20 va 26-27 fevral kunlari, 1/8 final o‘yinlari esa 2025 yil 12-13 va 19-20 mart kunlari o‘tkaziladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting