Konferensiyalar ligasi. \"Chelsi\" va \"Real Betis\" finalga yo'l oldi!
Photo: gettyimages
Konferensiyalar ligasi yarim final javob uchrashuvlari doirasidagi ikki qarama- qarshilik bo'lib o'tdi. Unga ko'ra “Chelsi” o'yida “Djurgården”ni qabul qilgan bo'lsa, Italiyada “Fiorentina” Ispaniyaning “Real Betis” jamoasini mehmon qildi.

Londondagi bahsda "Chelsi" kutilganidek xotirjamgina finalga yo'llanma oldi. O'yindagi yagona golni 38 daqiqada Kiernan Hall kiritdi, 1:0 (umumiy hisob 5:1).

"Betis" esa Italiyada "Fiorentina" bilan 120 daqiqa "jang olib bordi". Yakunda "Betis" Antonining jarimadan urgan supergoli va assisti evaziga hal qiluvchi bahsda qatnashadigan bo'ldi.

Konferensiyalar ligasi final
“Chelsi”-"Real Betis"
Ibrohim Jalolov
Redaktor