Konferensiyalar Ligasi. 19 fevral kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvlar natijalari bilan tanishing
Turnirning amaldagi gʻolibi Londonning «Chelsi» klubi hisoblanadi.
FOTO: Getty Images
19 fevral kuni Konferensiyalar Ligasining pley-off bosqichi doirasidagi dastlabki sakkiz uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Quyida ushbu o‘yinlar natijalari bilan tanishishingiz mumkin.
Konferensiyalar Ligasi, 19 fevral natijalari:
- «Noa» — «AZ Alkmar» — 1:0
- «Sigma Olomous» — «Lozanna» — 1:1
- «Zrinyski» — «Kristal Pelas» — 1:1
- «KuPS» — «Lex» — 0:2
- «Yagelloniya» — «Fiorentina» — 0:3
- «Shkendiya» — «Samsunspor» — 0:1
- «Drita» — «Selye» — 2:3
- «Omoniya» — «Riyeka» — 0:1
Mazkur juftliklar o‘rtasidagi javob uchrashuvlari 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida, Konferensiyalar Ligasining amaldagi g‘olibi Londonning «Chelsi» klubi hisoblanadi. O‘tgan mavsumning hal qiluvchi finalida «aristokratlar» Ispaniyaning «Betis» jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist