Konate yozda Saudiya chempionatiga yo'l olishi mumkin
Photo: Getty Images
"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibraima Konate faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik 25 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistonining bir nechta klublari tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda. Futbolchining “qizillar” bilan shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi. Biroq Konate yuqori maosh olishni istamoqda. Shu sababli “Liverpul” bilan shartnoma uzaytirilmayapti.
Konate hozirda Transfermarkt portalida 60 million yevro narxda baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist