Konate uchun 4 ta jamoa da’vogarlik qilmoqda
"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konatega bir vaqtning o'zida bir nechta klub qiziqish bildirmoqda. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.
Avvalroq 27 yoshli futbolchi "qizillar" bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmagani va Angliya jamoasini erkin agent sifatida tark etishi haqida xabar berilgandi.
Fransiyalik futbolchiga yaqin manbalar muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolganini va kelishuvga erishilmasligini ta’kidlamoqda.
Nashrning qayd etishicha, ushbu vaziyat Konatening shartnomasi tuzilishi va summalari borasidagi ichki kelishmovchiliklar, shuningdek, "Liverpul"ning muvaffaqiyatsiz mavsumi tufayli yuzaga kelgan.
Bundan avval himoyachini o'z safiga qo'shib olish uchun eng katta imkoniyat "PSJ"da ekani haqida ma’lumot paydo bo'lgandi. Unga "Real", "Bavariya" va "Chelsi" ham futbolchi uchun kurashga qo'shilgan.