Konate Saudiya klubining taklifini rad etdi
Photo: Goal.com
“Liverpul” himoyachisi Ibrahima Konate Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishdan bosh tortdi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchi faoliyatini Yevropada davom ettirmoqchi. Shu sabab Saudiya nomi oshkor qilinmagan jamoasining yaxshi taklifini rad etdi.
Konatening mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi. Klub futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmadi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi 2021 yildan buyon “Liverpul” safida to‘p surmoqda. Uning Transfermarkt'dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist