Konate: \"Liverpul\"da baxtliman. Bu yerda qolishni istayman\"
Futbolchi va klub muzokaralarni davom ettirmoqda
Photo: Getty Images
“Liverpul” va Fransiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Ibrohima Konate “qizillar” safida qolishni istamoqda. Futbolchi o‘zini mersisaydliklar klubida baxtli his qilayotganini ta’kidladi. Konatening “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida yakunlanadi.
"Bu klubda mening maqsadlarim ko‘p: yetakchi bo‘lish, hamma narsada g‘alaba qozonish. To‘g‘risini aytsam, men bu yerda baxtliman. Yaqinda klub va agentim bilan yana bir muzokara bo‘lib o‘tdi.
Shuning uchun ham yaqin ikki hafta ichida nima bo‘lishini ko‘ramiz", - dedi Konate jurnalistlar bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” o‘tgan mavsumda APLda chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist