locale OZ

Konate jarohat sababli Frantsiya terma jamoasi yig‘inini tark etdi

Qayd etilishicha, himoyachi yaqin kunlarda “Liverpul” bazasiga qaytadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konate jarohat sababli Frantsiya terma jamoasi yig‘inini tark etdi
ФОТО: Getty images

Ibrahima Konate jarohati sababli Frantsiya terma jamoasi lagerini tark etdi. Bu haqda fransuzlar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchi JCh-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan Ozarbayjonga qarshi o‘yindan so‘ng o‘zini noqulay his qilgan.

Tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra, uning sonning to‘rt boshli mushak jarohati aniqlangan.

Qayd etilishicha, himoyachi yaqin kunlarda “Liverpul” bazasiga qaytadi. Murabbiylar shtabi uning o‘rniga “Marsel” himoyachisi Benjamin Pavardni chaqirdi.

Didier Desham shogirdlari navbatdagi uchrashuvni 13 oktyabr kuni safarda Islandiyaga qarshi o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting