Konate: «Hammasini ayta olmayman, chunki OAVda allaqachon juda koʻp gaplar yozilgan»
«Liverpul» himoyachisi Ibrahima Konate klub bilan shartnomani uzaytirish jarayoni haqida fikr bildirdi.
«Bu jarayon murakkab. Hammasini ayta olmaymiz, chunki OAVda allaqachon juda ko‘p gaplar yozilgan. Ba’zi xabarlarni o‘qib, o‘zim ham hayron qolaman…
O-la-la. Bu esa meni «Liverpul» muxlislari oldida noqulay ahvolga soladi, chunki ular jarayonning barcha nozik jihatlarini bilmaydi», — deya Konatening so‘zlarini Get French Football News.
Maʼlumot uchun, fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi. Konate «Liverpul» safida 2021 yilning yozidan beri o‘ynab kelmoqda.
Ungacha u «RB Leypsig» klubida to‘p surgan. OAV xabarlariga ko‘ra, 26 yoshli markaziy himoyachiga Madridning «Real» klubi ham qiziqish bildirmoqda.