Konate: «Enfild»da mo‘jiza koʻrsata olishimizga ishongan edik, biroq yana ikki marta gol oʻtkazib yubordik»
«Liverpul» himoyachisi Ibraima Konate Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida «PSJ»ga qarshi kechgan javob uchrashuvidan (0:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«PSJ» o‘z uyida ko‘plab vaziyatlar yaratdi va ikki bor gol urdi, biroq biz «Enfild»da mo‘jiza ko‘rsata olishimizga ishonayotgan edik. Bu yerda ham ko‘p vaziyatlarga ega bo‘ldik, lekin yana ikki marta gol o‘tkazib yubordik. Bu juda achinarli, ammo futbol shunaqa. «PSJ» hozir o‘tgan mavsumdagidan ham kuchliroq va ularga qarshi bunday o‘yin ko‘rsatish... Biz mag‘lub bo‘ldik, biroq bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, qanday darajaga chiqa olishimizni tushunib yetishimiz kerak. Chempionlar Ligasida ishtirok etish — «Liverpul» uchun minimal talab. Oldimizda yana oltita o‘yin bor. Angliya Premyer-ligasi qanchalik qiyin ekanligini bilamiz, ammo kelasi mavsumda ham Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz shart», — dedi Konate.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «PSJ» Angliya klubini 4:0 hisobida mag‘lub etdi va yarimfinalga yo‘l oldi. Endi parijliklar final yo‘lida «Real Madrid» — «Bavariya» juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. «Liverpul» esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.