locale OZ

Kompani murabbiylik faoliyatidagi 5-sovriniga erishdi

Undan avvalgi mavsumda esa myunxenliklar Bundesliga va Germaniya Superkubogida g‘olib chiqqan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kompani murabbiylik faoliyatidagi 5-sovriniga erishdi
ФОТО: Getty images

Vensan Kompani murabbiylik faoliyatidagi beshinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Gap shundaki, belgiya mutaxassisi boshchiligidagi "Bavariya" Germaniya Superkubogi uchun bahsda Dortmundning "Borussiya" klubini 2:1 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi.

O‘tgan mavsumda Kompani "Bavariya" bilan Germaniya chempionati va mamlakat Kubogida zafar quchgan. Undan avvalgi mavsumda esa myunxenliklar Bundesligada va Germaniya Superkubogida g‘olib chiqqan.

Shu tariqa, Germaniya Superkubogidagi navbatdagi muvaffaqiyat Kompani uchun "Bavariya" bosh murabbiyi sifatidagi yana bir sovrin bo‘ldi. Myunxen klubi esa ushbu musobaqada ketma-ket ikkinchi yil g‘olib chiqdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting