locale OZ

Kompani: «Luis Enrikening jamoalari oʻziga xos tarkibga ega»

«Bavariya» bosh murabbiyi «PSJ» ustozi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kompani: «Luis Enrikening jamoalari oʻziga xos tarkibga ega»
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani UEFA Chempionlar Ligasi 1/2 finali doirasida «Pari Sen-Jermen»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan birinchi o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv bugun, 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

«Har ikkala jamoa ham o‘yinga juda ijodiy yondashadi, bu ayniqsa pozitsiya tanlash va yechimlar izlashda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Hamma gap detallar, intensivlik va energiyada. Biz «PSJ» bilan allaqachon to‘rtinchi bor to‘qnash kelmoqdamiz, bu raqibga qarshi o‘yin tajribasiga egamiz, biroq ular ham biz haqimizda shunday deya olishadi.

Luis Enrike shunchaki aql bovar qilmaydigan ishni amalga oshirmoqda. Ularning o‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqani meni umuman ajablantirmadi. Luis Enrike jamoalarining o‘ziga xos «suyagi» (poydevori) bor. U boshqarayotgan futbolchilar doimo yugurishga va kurashishga tayyor, uning barcha jamoalarida shunday bo‘lgan, bu esa hurmatga loyiq.

Ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun qandaydir sehrli yechim mavjud emas. Bizning ustunligimiz shundaki, «PSJ» bilan ko‘p marta to‘qnash kelganmiz, ammo aytganimdek, bu har ikki tomon uchun ham amal qiladi. Biz raqibga qanday bosim o‘tkazishni bilamiz. «Pari Sen-Jermen» pozitsion o‘yinga urg‘u berib harakat qilishni biladi, lekin bu bizni chalg‘ita olmaydi. Ularning har bir pozitsiyasida katta mahorat egalari to‘p suradi. Biroq xuddi shu gapni bizning jamoamiz haqida ham aytish mumkin», — deya Kompanining so‘zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting