Kompani: «Kutilmagan sovgʻalar boʻlmadi»
«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida «Atalanta» ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan (6:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Oldinda hali javob uchrashuvi bor, shuning uchun diqqatni jamlashimiz kerak. Bugun o‘yinga to‘g‘ri yondashuv topish asosiy vazifa edi. Bizning „birga-bir“ o‘yinimiz taktik jihatdan juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi, yuqori pressing esa bizga juda yordam berdi. Biz „Atalanta“ kabi hujum qilishni yaxshi ko‘radigan jamoalarga qarshi birinchi marta o‘ynamayapmiz, shuning uchun kutilmagan sovg‘alar bo‘lmadi», — deya Kompanining so‘zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.
Maʼlumot uchun, «Bavariya» va «Atalanta» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 18 mart kuni Myunxendagi «Arena Myunxen» stadionida bo‘lib o‘tadi.