Kompani: «Futbolchilar oxirigacha kurashgani tahsinga loyiq»
"Bavariya" bosh murabbiyi jamoasining g‘alabasi haqida gapirdi.
ФОТО: Getty images
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesligadagi "Sankt-Pauli"ga (3:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bunday og‘ir g‘alabalar ham yo‘lning bir qismi. Bu bizga ishonch bag‘ishlaydi, chunki biz shunday qiyin sharoitlarda ham natijaga erisha olishimizni tushunamiz.
Futbolchilarning oxirigacha kurashgani tahsinga loyiq. Ular taslim bo‘lishmadi. Bu fazilat bizga butun mavsum davomida juda asqotadi," – deya Kompanining so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Ma’lumot uchun, "Bavariya" Bundesliganing 12-turidan keyin turnir jadvalida "RB Leyptsig"ni 8 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist