locale OZ

Kompani: «Biz kelasi mavsumda ham o‘sishda davom etishni maqsad qilganmiz»

"Bavariya" Bundesligada chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kompani: «Biz kelasi mavsumda ham o‘sishda davom etishni maqsad qilganmiz»
ФОТО: Getty images

Germaniyaning "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani 2025/2026 yilgi mavsum haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hozircha mavsumga yakuniy baho berishga shoshilmayman — oldinda biz uchun juda muhim bo‘lgan Germaniya Kubogi finali bor. Biz ko‘p g‘alabalar qozondik, turli emotsiyalarni boshdan kechirdik va ko‘plab futbolchilar o‘sishga erishdi.

Yangi kelgan o‘yinchilar jamoani yanada kuchaytirdi: Lucho Dias va Lenart Karl jamoaga yangilik olib kirdi — bu ijobiy rivojlanishdir. Hozir talablar juda yuqori darajaga ko‘tarilgan va biz kelasi mavsumda ham o‘sishda davom etishni maqsad qilganmiz», — dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Germaniya Kubogi finalida "Bavariya" 23 may kuni Shtutgartga qarshi maydonga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting