locale OZ

Kompani: «Albatta, raqibni hurmat qilamiz, biroq jamoamiz bu bahsni gʻalabaga boʻlgan ishonch bilan boshlashi kerak»

«Bavariya» bosh murabbiyi «Real»ga qarshi oʻyin oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kompani: «Albatta, raqibni hurmat qilamiz, biroq jamoamiz bu bahsni gʻalabaga boʻlgan ishonch bilan boshlashi kerak»
FOTO: Getty Images

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Dastlabki o‘yinda Germaniya jamoasi 2:1 hisobida zafar quchgan edi.

«Ertaga barchada maydonga tushish imkoniyati bo‘ladi. Biz o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz va uni intiqlik bilan kutyapmiz. G‘alaba qozonishni va muxlislarimiz ishonchini oqlashni istaymiz. Albatta, raqibni hurmat qilamiz, biroq jamoamiz bu bahsni g‘alabaga bo‘lgan qat’iy ishonch bilan boshlashi shart.

Birinchi uchrashuvda biz bundan ham ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda «Real» yaxshiroq o‘ynay boshladi va o‘sha 45 daqiqa ularga ishonch bag‘ishladi. Ammo o‘yinning birinchi yarmida biz o‘zimizni juda yaxshi his qildik, menimcha, biz bundan ham yaxshiroq o‘ynashga qodirmiz. «Santyago Bernabeu»dagi g‘alaba bizga o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonchni beradi, endi esa o‘z uyimizda yanada ishonchliroq o‘yin ko‘rsata olishimizni isbotlashimiz kerak», — dedi Kompani.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting