locale OZ

“Komo” Yan Koutoni ijaraga oldi

Kelishuv ijara asosida tuzilgan bo‘lib, braziliyalik futbolchi 2026/27-yilgi mavsum yakuniga qadar “Komo” sharafini himoya qiladi.
“Komo” Yan Koutoni ijaraga oldi
Foto: Getty Images

Italiyaning “Komo” klubi Dortmundning “Borussiya” jamoasi himoyachisi Yan Koutoni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.

Kelishuv ijara asosida tuzilgan bo‘lib, braziliyalik futbolchi 2026/27-yilgi mavsum yakuniga qadar “Komo” sharafini himoya qiladi.

23 yoshli Kouto “Koritiba” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2020-yilda “Manchester Siti”ga o‘tgan, keyinchalik “Jirona” va “Braga” klublarida ijara asosida to‘p tepgan. 2025-yilda esa Dortmundning “Borussiya” jamoasi futbolchisiga aylangan.

“Komo” bosh murabbiyi Sesk Fabregas yangi futbolchining texnik imkoniyatlari, hujumlarga faol qo‘shilishi va yuqori ishchanligini alohida ta’kidlab, Kouto jamoaning o‘yin uslubiga mos tushishini qayd etdi.

Yan Kouto Braziliya U-17 terma jamoasi bilan 2019-yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u Braziliyaning asosiy milliy terma jamoasida ham debyut qilishga ulgurgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting